Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaziyat hamon og‘ir – SSV kechagi statistikani e’lon qildi

Vaziyat hamon og‘ir – SSV kechagi statistikani e’lon qildi

Kecha yurtimizda 891 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

2021 yil 9 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 138382 (+891) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,
  • 79 nafari Jizzax viloyatida,
  • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 83 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 88 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 46 nafari Xorazm viloyatida,
  • 91 nafari Toshkent viloyatida,
  • 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida kasallikdan sog‘ayganlar jami 131781 (+875) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 941 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring