Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana 600 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 600 kishida koronavirus aniqlandi

So‘nggi kecha kunduzda yurtimizda qariyb yana 600 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 5 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 17 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167858 (+590) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 17 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 11 nafari Namangan viloyatida,
  • 51 nafari Samarqand viloyatida,
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 55 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 20 nafari Xorazm viloyatida,
  • 112 nafari Toshkent viloyatida,
  • 228 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 161275 (+854) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1184 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring