Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana asosan aholi orasida kasallik aniqlandi

Yana asosan aholi orasida kasallik aniqlandi

2020-yil 12-iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4837 (+18) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari poytaxtimizda (shundan 14 holatda aholi, 2 holatda esa karantinda tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqaro orasida) qayd etilgan bo‘lsa, 2 nafari Litvadan Chinoz tumanidagi chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3700 (+63) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1118 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring