Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin soatlar ichida to‘rtta hududda koronavirus holati aniqlandi

Yaqin soatlar ichida to‘rtta hududda koronavirus holati aniqlandi

Foto: «Moscow.sm-news.ru»

2020-yil 7-oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 697 (+118) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 43 nafari Toshkent shahrida,

39 nafari Toshkent viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 152, Toshkent viloyatida 87, Namangan viloyatida 19, Andijon viloyatida 13, Farg‘ona viloyatida 8, Xorazm viloyatida 7, Qashqadaryo viloyatida 5, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 56 460 (+295) nafar fuqaro tuzaldi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 745 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring