Yoz oxiriga borib delta-virus butun Yevropani egallaydi

Delta-virus (koronavirusning Hindistonda mutatsiyaga uchragan turi) avgustga borib butun Yevropada dominantga aylanadi, dedi Yevropada kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (ECDC) rahbari Andrea Ammon. Bu haqda «Nyheder.DR» xabar berdi.
«Koronavirusning hindcha ko‘rinishi boshqa ma’lum mutatsiyalariga qaraganda tezroq tarqalmoqda. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, avgust oxiriga borib kovid-bemorlarning 90 foizini delta-virusni yuqtirganlar tashkil etadi», — ta’kidladi Ammon.
Yevropa ittifoqida 80 yoshdan kattalarning qariyb 30 foizi, 60 yoshdan kattalarning taxminan 40 foizi koronavirusga qarshi emlanmagani ECDC hisobotida keltirilgan. Shu sababli Yevropaning ko‘p mamlakatlari karantin cheklovlariga yana qaytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning turli mutatsiyalarini nomlab chiqqandi: Alfa — V117 (ilgarigi britan shtammi); Betta — V1351 (ilgarigi janubiy afrikancha shtamm); Gamma — R1 (ilgarigi brazil shtammi); Delta — V16172 (ilgarigi hind shtammi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter