Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zamonaviy qaroqchilar: AQSh Germaniyaga tegishli 200 mingta niqobni noqonuniy o‘zlashtirib olganlikda ayblanmoqda

Zamonaviy qaroqchilar: AQSh Germaniyaga tegishli 200 mingta niqobni noqonuniy o‘zlashtirib olganlikda ayblanmoqda

Foto: «Tagesspiegel.de»

Germaniya Xitoyga nemis politsiyasi uchun buyurtma berilgan 200 ming respirator niqobsiz qolishi mumkin. Chunki ular Bangkokda musodara qilinib, AQShga yuborilgan, deb yozadi «Tagesspiegel» gazetasi.

Berlinning ichki ishlar bo‘yicha Senatdagi vakili Andreas Gayzelning ta’kidlashicha, niqoblar partiyasini Qo‘shma Shtatlar ilib ketgan. «Biz buni zamonaviy qaroqchilik harakati deb hisoblaymiz», — deydi senator.

Gayzelning aytishicha, transatlantik hamkorlar koronavirus pandemiyasi paytida «Yovvoyi G‘arb usullari» faoliyatiga yo‘l qo‘ymasligi zarur. U AQSh hukumatini xalqaro qoidalarga rio etishga, prezident Donald Trampni esa boshqalar bilan yakdil bo‘lishga chaqirgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, Berlin tomonidan buyurtma berilgan niqoblar Xitoyda Amerika kompaniyasi zavodida ishlab chiqarilgan. Tovar Bangkok aeroportida qaytadan yuklanishi va havo transportida Germaniyaga yetkazilish kerak edi. Biroq negadir musodara qilinib, Bangkokdan to‘g‘ri Qo‘shma Shtatlarga yuborilgan.

Oq uy tibbiy niqoblarning noqonuniy musodarasiga aloqasi borligini inkor etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring