Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yeralash» ko‘rsatuvi asoschisi Boris Grachevskiy koronavirusdan vafot etdi

«Yeralash» ko‘rsatuvi asoschisi Boris Grachevskiy koronavirusdan vafot etdi

Foto: «Izvestiya»

Mashhur bolalar telejurnali «Yeralash» («Aralash») badiiy rahbari va asoschilaridan biri Boris Grachevskiy 71 yoshida shifoxonada vafot etdi.

Koronavirusga chalingan Grachevskiy 27-dekabr kuni kasalxonaga keltirilgan edi. Keyin uni jonlantirish bo‘limiga o‘tkazishgan, so‘ngra shifokorlar uni komaga o‘tkazib, IVL-qurilmasiga ulashga majbur bo‘lishgandi.

11-yanvar kuni o‘ziga kelgan Boris Grachevskiy imo-ishoralar bilan muloqot qilishni boshlagandi. Ammo ko‘p o‘tmay ahvoli yana og‘irlashib, yana komaga o‘tkazilgandi. Shifokorlar uning holatini o‘ta og‘ir deya baholashgandi.

Ma’lumot uchun: «Aralash» telejurnalining ilk soni 1974-yilning 11-sentyabr kuni efirga uzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring