Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada Kinokarvon uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda

Farg‘onada Kinokarvon uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi tomonidan tashkil etilgan taniqli kinoijodkorlardan iborat Kinokarvon uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Farg‘ona viloyatining Toshloq, Qo‘shtepa tumanlari va Marg‘ilon shahar Madaniyat markazlarida ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi. Yig‘ilganlarga kinematografiya sohasidagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar berildi, so‘ng milliy qo‘shiqlardan iborat konsertlar tashkil etildi.

Kinokarvon tarkibida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova, aktyorlar Umid Iskandarov, Vazira Yunusova, Bositxon Rahmatov, Dilshodbek Kattabekov ishtirok etishmoqda.

Oldinda Kinokarvon Farg‘onaning boshqa hududlariga, Andijon va Namangan viloyatlariga tashrif buyuradi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring