Farhod Saidov va Sitora Farmonova qo‘shiqlari Badiiy kengashdan o‘tmadi
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashi o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. Joriy yilning 20-aprel kuni Badiiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengashda beshta xonandaning qo‘shiqlariga tasvirga olgan videokliplari ko‘rib chiqildi. Ulardan Elmurod Sobirjonov «Sevdim», Behruz Tohirov «Keling dema», Sardor Bekmurodov «Bolaga kitob bering» deb nomlangan xonandalar qo‘shiqlarga tasvirga olingan videokliplarni OAV orqali efirga uzatishga tavsiya berildi, deyiladi «O‘zbekkonsert» axborotida.
Farhod Saidovning «Jimir-jimir» hamda Sitora Farmonovaning «Chamanda gul» deb nomlangan qo‘shiqlarining matni saviyasi past bo‘lgani bois rad etildi. Ushbu xonandalarga qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplardagi qo‘shiq matnini shoirlarga ko‘rsatib qayta to‘g‘rilash, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g‘oyaviy-badiiy darajasiga alohida e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlanib, ushbu videokliplarni Badiiy kengashga qayta topshirilishi borasida tavsiya etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter