Klipida «chegara»dan chiqilgani uchun Shahlo Ahmedova litsenziyasidan ayrildi
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonanda Shahlo Ahmedovaning litsenziyasini olib qo‘ydi. Bunga uning sharqona odob-ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan «Letniye dojdi» deb nomlangan qo‘shig‘i videoklipi ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilayotganligi aniqlangani sabab bo‘lgan. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar qildi.
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Ahmedova Shaxlo Baxtiyor qiziga 2017-yil 11- iyuldagi MR-02-son buyrug‘iga asosan berilgan AA-seriya, №0064-son litsenziyasi joriy yilning 13 noyabr kunidan tugatilganligini ma’lum qilamiz» deyiladi xabar matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, «Dizayn» jamoasi litsenziyasi ham olib qo‘yilgani ma’lum qilingan, lekin ularga litsenziya qaytarilgani aytilmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter