Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuter o‘yinlariga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Kompyuter o‘yinlariga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Foto: «Terabayt.uz»

Ilmiy-ommabop romanlar, videoo‘yinlar va filmlar mualliflari o‘z asarlarida insoniyatni ko‘p bor yer yuzidan yo‘q qilib yuborishgan. Ish faqat yadro urushi bilan cheklangani yo‘q, albatta. Mualliflar yerda hayotning tugashi bilan bog‘liq ayrim nazariyalardan shu qadar ilhomlanib ketishdiki, endi ular oxirzamon haqida haqiqatan ham jiddiy o‘ylay boshlashdi. «Terabayt.uz» sayti bestseller kino va kompyuter o‘yinlari haqida shunday yozadi.  

Mashinalar odamlardan batareya yasaydi

G‘oya qayerdan? «Matritsa»  trilogiyasi

1999-yilda  kinoteatr ekranlariga «Matritsa» jangari lentasi chiqdi. Film  yurakni ezadigan kelajak haqida edi. Unda sun’iy intellekt insoniyatni  qulga aylantiradi. Kino bir zumda mashhur bo‘lib ketdi. Fantastik adib Ayzek Azimovning asarlaridagi g‘oyalardan hamda Mamori Osining «Qurol-aslahalardagi sharpalar»i dan ilhom olgan rejissyorlar — Vachovskilar mashinalar isyonini ilmiy-fantastik jangari filmida mujassamlashtira olishdi.

«Matritsa»ni yaratuvchilarning talqini bo‘yicha 21-asrda  robotlar insoniyatga qarshi isyon ko‘tarishga qaror qiladi. Mashinalarga qarshi muvaffaqiyatsiz kurashlardan keyin odamlar temirtanlarni elektr quvvatisiz qoldirish maqsadida sayyorani qeyoshdan  to‘sib qo‘yishga majbur bo‘ladi. Insonlarga qasdma-qasd robotlar elektr energiyasini endi boshqacha usulda, ya’ni insonlarning o‘zidan ola boshlashadi.

Insonni batareykaga aylantirar ekan, mashinalar odamlarni adoqsiz sun’iy uyquga mubtalo qiladi, ya’ni matritsaga aylantiradi. robotlar iskanjasidan qutilib chiqqanlar uchun  yerdagi yagona xavfsiz joy bu Seone edi, insoniyat urushlarga barham beruvchi dahoni kutayotgandi.

«Matritsa» ko‘plab videoo‘yinlar va kinoloyiha mualliflari uchun g‘oyaviy ilhomlantiruvchi manbaga aylandi. 2003-yilda Vachovskilar samoviy fantastika seriali  «Animatritsa»ga prodyuser bo‘lishdi. Ushbu serialda mashinalarning insonlar bilan qarama-qarshiligi to‘la ochib berilgan.

Odamlar neftsiz aqldan ozishadi

G‘oya qayerdan: «Aqldan ozgan Maks» (fantastika)

Rejisser Jorj Millerning fikricha, bir kun kelib neft tugaydi, o‘shanda odamlar aqldan ozadi.  «Aqldan ozgan Maks»da  kim rulda bo‘lsa, o‘sha odam yashab qoladi. Qaroqchilar izg‘ib yurgan yo‘llarda  avtomobil inson uchun chin ma’noda yagona ishonchli do‘st bo‘ladi. Kelajakda jinoyatchilik shu qadar keng tarqaladiki, adolat ertakdek tuyuladi. Odamlar mashina g‘ildiragiga yangi rezina olish uchun hatto bir-birini o‘ldirishga tayyor turadi.

Agar bularning barchasi safsata, odamlar avtomobil uchungina bir-biri bilan yoqalashmaydi, deb o‘ylasangiz, unda  Jorj Miller bu borada siz bilan bahs boylashgan bo‘lardi. 1973-yilda o‘smir  Jorj o‘zining yurti Avstraliyada neft inqirozining guvohi bo‘ladi. Uning ko‘z o‘ngida avtomobilga yonilg‘i quyish shaxobchalarida  odamlar birinchi bo‘lib yonilg‘i olish maqsadida bir-birini kaltaklashadi. O‘shanda odamlarni na narx, na navbat va na qonun to‘xta olardi. Aynan o‘shanda Millerning xayoliga odamlar shaxsiy transporti uchun oxirgi nafasigacha kurashishi haqida kartina yaratish g‘oyasi keladi.

«Aqldan ozgan Maks» kartinasi  «Ilayning kitobi», «Yo‘llar», «Fallout» o‘yin serialini, hatto «Sarguzashtlar vaqti» multfilmini yaratishga turtki berdi.

Yana ikki ming yildan keyin sayyoramizni maymunlar egallaydi

G‘oya qayerdan: «Maymunlar sayyorasi» (fantastika)

Shu nomdagi roman asosida 1968-yilda olingan  «Maymunlar sayyorasi» kartinasida insonga unchalik ham do‘st bo‘lib ko‘rinmaydigan shimpanzelar namoyish qilingandi. Birinchi film syujeti  odamsimonlarning kelajakda oliy irqqa aylanishi haqda yuzaki hikoya qiladi. Biroq insoniyat qul qilinishining to‘liq tarixi 2011-yilda «Maymunlar sayyorasida isyon» kinosida keng bayon qilinadi.

Film syujeti bo‘yicha,  Alsgeymer kasalligiga qarshi dori-darmon  qidirish maqsadida olimlar maymunlar ustidan genetik tajriba o‘tkazadilar. Ixtiro qilingan vaksina tufayli maymunlar juda tez rivojlana boshlaydi va qafaslar ham ular uchun to‘siq bo‘lolmay qoladi. Tajriba o‘tkazilayotgan maymunlar laboratoriyalardan qochishga qaror qilishadi. Odamlarga-chi, odamlarga nima bo‘ladi? O‘ylab topilgan vaksina insoniyat uchun halokat keltiradi. Epidemiya sayyoramiz aholining katta qismini nobud qiladi, natijada maymunlar son bo‘yicha ustun irqqa aylanadi.

Darvin nazariyasining teskarisi fantastika ishqibozlarini shunchalik qiziqtirib qo‘ydiki, natijada qator kinofilmlar suratga olindi.  Maymunlar sayyorasi haqida naq to‘qqizta to‘liq metrajli kino suratga olingan. Insoniyat maymunlar tomonidan qul qilinishi tarixi “Yulduzlararo jang” filmlarichalik mashhur emas, albatta. Lekin shunga yaqinlashay deyapti.

«G‘azab virusi» odamlarni zombiga (manqurt)ga aylantiradi

G‘oya qayerdan:  «28 kun o‘tib»

«28 kun o‘tib» zombi-apokalipsis haqidagi birinchi kino emas, lekin aynan shu kino ilmiy nuqtai-nazardan insoniyatni yo‘q qilib yuborishni ko‘rsatib bergan. Agar klassik «Murdalar uyg‘onishi» kinosida «Injil» mavzusi talqin etilgan bo‘lsa, Deni Boylning shunday bo‘lib qolishiga genetik tajribalar aybdor bo‘ladi.

Filmda olimlar  pala-partish ish qiladilar va yangi  «Valium» o‘rniga «G‘azab virusini» yaratadilar. Tajriba shimpanzelar ustida olib boriladi, ular bir odamni tishlab oladi va shundan keyin epidemiya  boshlanadi. Nazoratdan chiqib ketgan virus Angliya bo‘ylab juda tez tarqaladi va mamlakat aholisining katta qismini nobud qiladi.

«G‘azab virusi» asabga ta’sir qiladi, uni doimiy tajovuzkor qilib qo‘yadi va u atrofdagilarga nisbatan ko‘r-ko‘rona nafrat bilan qaraydigan bo‘ladi. Virusga asos qilib Ebola bezgagi olinadi, chunki u o‘xshash simptomlarga ega — tananing qurib qolishi va kuchli qon ketish, jumladan, ko‘zdan.  «Ebola virusi»ga o‘xshab, «28 kun o‘tib» kinosidagi  epidemiya ham qon orqali yuqadi.

Kinoning birinchi qismi tomom bo‘lgandan keyin, uning davomi  — «28 hafta o‘tib» kartinasi ham namoyish qilindi. «G‘azab virusi» Buyuk Britaniya aholisining katta qismini nobud qilgach, boshqa mamlakatlarga ham o‘tadi.

Murdalar ko‘rinmaganiga qaramay, «28 kun o‘tib» kinosi aynan zombi-janrga katta ta’sir ko‘rsatdi. Kinodagi g‘oya mashhur «Left4Dead» videoo‘yiniga ko‘chirilgan.

Yadroviy urushdan keyin odamlar metro bekatlarida yashay boshlaydi

G‘oya qayerdan: «Metro 2033» romani

2005-yilda chiqqan Dmitriy Gluxovskiyning «Metro 2033» nomli romani butun boshli fantastik kinolarning debochasiga aylandi. Kitob yadro urushidan omon qolib, metrolarda yashayotgan odamlar haqida hikoya qiladi.

Tirik qolgan insonlar yer ostida o‘z sivilizatsiyasini yaratadi.

Bu yerda tinch aholi yashayotgan bekatlar ham bor, lekin metroning aksariyat hududlari jinoiy guruhlar tomonidan egallab olingan. Odamlar yashab qolishni — sabzavot yetishtirishni, zimistonga moslashishni va yemak topishni o‘rgandilar. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yuqoriga,  mutantlar egallab olgan hududlarga chiqishga muvaffaq bo‘lgan stalkerlar dori-darmonni qidirishadi. Metrodan boshqa joylarda tirik odamlar qolmaydi. Radiatsiya ta’sirida jonzotlar va o‘simliklar mutatsiyaga uchrab, qo‘rqinchli maxluqlarga aylanadi. Ular vaqti-vaqti bilan pastga — odamlar yashayotgan yerto‘laga ham mo‘ralab qo‘yadi.

Yadro urushi mavzusi roman yozilishidan ham avval ko‘tarilgan edi, lekin aynan adib Gluxovskiy tirik qolganlarni mana shunday nostandart sharoitga o‘tkazadi. «Metro 2033» romani bir necha tilga tarjima qilingan hamda Rossiya va boshqa mamlakatlarda ham o‘z o‘quvchilariga ega. Ushbu kitob g‘oyasi bo‘yicha 2010-yilda videoo‘yin yaratilgan edi. O‘yin tanqidchilar va geymerlar tomonidan yaxshi baholandi. Unchalik ko‘p sotilmagan bo‘lsa-da, ammo o‘zining fanatlari bor. Kelasi yili dasturchilar o‘yin seriyasining davomini tayyorlamoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring