Messi Pikassoning 21 million funtlik rasmini yirtib tashladi
«Interfaks» yozishicha, shanba kuni Londondagi Teyt zamonaviy san’at galereyasida Pablo Pikassoning 20 mln. funt sterlingga baholanayotgan asariga hujum uyushtirilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida ispan rassomining «Ayol byusti» (1944-y.) kartinasi (unda rassom va suratkash Dora Maar tasvirlangan deyishadi) yirtilgan, hozir asar ekspozitsiyadan olib qo‘yilgan. Suratga yetkazilgan zarar qanchalik jiddiyligi ma’lum qilinmagan, ekspertlar xulosasi kutilmoqda.
Aytilishicha, 20 yoshli bezori — Shakil Messi shimoliy Londonda yashaydi. U kartinaga zarar yetkazganini bo‘yniga olmayapti. Keyingi sud o‘tkaziladigan 30 yanvarga qadar u hibsda saqlanishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter