Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mettyu Makkonaxi 49 yoshida maktab shahodatnomasini oldi

Mettyu Makkonaxi 49 yoshida maktab shahodatnomasini oldi

Foto: «KinoPoisk»

Hollivud aktyori, 49 yoshli Mettyu Makkonaxi maktabni bitirganidan so‘ng oradan 31 yil o‘tib shahodatnoma oldi. Bu haqda «Longview News-Journal» xabar berdi.

Makkonaxi 17-may kuni o‘zi o‘qigan maktabga bordi. Shahodatnomasini olganidan so‘ng o‘quvchilar bilan suhbat qurdi. Uning aytishicha, muvaffaqiyatga erishishiga doim o‘z qalbiga quloq tutgani sabab bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, odatda maktab o‘quvchilariga bitirish marosimida shahodatnomaning muqovasini topshirishadi, hujjatlarini esa keyinroq olib ketish kerak. Makkonaxi esa maktabni 1988 yili bitirgan.

Ma’lumot uchun: Mettyu Makkonaxi 1969-yili Yuvalda shahrida (Texas shtati) tug‘ilgan. Aktyorlik faoliyatini 1991-yili boshlagan. «Dallaslik xaridorlar klubi», «Interstellar», «Daraxtlar dengizi» «Jonsning ozod shtati» kabi filmlarda suratga tushgan. Jami 60 dan ortiq filmda qatnashgan.

2014-yili «Dallaslik xaridorlar klubi» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring