Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘lishga vaqt yo‘q»: Jeyms Bond premerasi 2021-yil bahoriga qoldirildi

«O‘lishga vaqt yo‘q»: Jeyms Bond premerasi 2021-yil bahoriga qoldirildi

«O‘lishga vaqt yo‘q» filmidan kadr

Jeyms Bond haqidagi navbatdagi film — «O‘lishga vaqt yo‘q» premerasi yana qoldirildi. Bu haqda «Deadline» xabar berdi.

Deniyel Kreyg (Jeyms Bond) bosh rolni o‘ynagan ushbu kinoasar 20-noyabrda taqdim etilishi rejalashtirilgandi, ammo MGM studiyasi ma’lum qilishicha, bondiana muxlislari 2021-yil apreligacha sabr qilib turishlariga to‘g‘ri keladi.

MGM studiyasi COVID-19 pandemiyasi sababli shunday yo‘l tutishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil mart oyida ham film relizi kechiktirilgandi. O‘shandayoq studiya ko‘rilgan zararni 30-50 million dollarga baholagandi.

«O‘lishga vaqt yo‘q»da ehtimol Deniyel Kreygni Agent 007 sifatida so‘nggi marta ko‘ramiz. Chunki bondianalarga boshqa aktyor taklif etilishi haqida gap-so‘zlar bor. Balki u Tom Xardi bo‘lishi ham mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring