Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeyms Bond sevgilisi rolini ijro etgan Klodin Oje vafot etdi

Jeyms Bond sevgilisi rolini ijro etgan Klodin Oje vafot etdi

Foto: «Yandeks»

Fransiyalik aktrisa va model Klodin Oje 79 yoshida Parijda vafot etdi, deya xabar berdi «The Sun».

O‘limining sababi hozircha noma’lum.

1958-yili Klodin Oje «Dunyo malikasi» go‘zallik tanlovida Fransiya sharafini himoya qilgan.

1965-yili u «Sharsimon chaqmoq» filmida Bondning sevgilisi Dominik (Domino) Derval rolini ijro etgan. Agent 007 rolini to‘rtinchi bor britaniyalik aktyor Shon Konneri o‘ynagan.

Shuningdek, Oje «Politsiya tarixi», «Qizil va qora», «Terimizdagi tuz», «Yelkadagi kapalak» va «Qonli ko‘rfaz» filmlarida rol ijro etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring