O‘zbekistonda «Madaniy loyihalar milliy operatori» tashkil etiladi
Prezidentning «Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzuridagi «Xalqaro festivallar direksiyasi» negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida «Madaniy loyihalar milliy operatori» davlat muassasasi tashkil etiladi.
Yangi muassasa xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, unga jamoat tartibini ta’minlash, tez tibbiy yordam va yo‘l-patrul xizmati xizmatlaridan bepul foydalanish huquqi beriladi.
Qarorga muvofiq, Milliy operator tomonidan o‘tkaziladigan madaniy tadbirlar uchun O‘zbekistonga olib kiriladigan uskunalar, sahna va texnik vositalar, rekvizitlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar hamda boshqa moddiy qiymatliklar 2030-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi.
Shuningdek, «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali 2027-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Milliy operator festivalga tashkiliy-texnik tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ijrochi operator etib belgilandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter