Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi

Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi

Foto: Xabar.uz

«Boysun bahori» ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikildi va ayni paytda festival bo‘layotgan maydonning kirish qismiga osib quyilgan.

Yangi O‘zbekiston milliy so‘zanasini tikish uchun «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibasi Malika Podshoyeva bosh-qosh bo‘lgan. 100 nafar mohir kashtado‘z jalb etildi», — deydi Surxondaryo viloyati hokimi matbuot xizmati rahbari Murod Davlatov. - Alvon matoga surxoncha naqshlar chizmasini tushirilgan hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplardan foydalanildi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilda Termiz shahrida o‘tkazilgan festivalda boysunlik kashtado‘zlar tomonidan tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana ilk bor namoyish etilgan edi. Uning uzunligi 25 metr, eni 6 metr, og‘irligi esa 60 kilogrammni tashkil etgan.

Undan tashqari bugun erta tongdan festival o‘tkaziladigan maydonda havo sharlarini uchirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryo osmonida amalga oshirilgan ushbu parvoz davomida 20 ta havo shari ko‘kka uchirildi. Festival 7 maygacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring