Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi

Aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi

Tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi. 

Bu borada qabul qilingan tegishli farmon bilan, shuningdek:

  • oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, shu jumladan, ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar hamda mahalla tibbiyot punktlari biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, yuridik maqomga ega oilaviy poliklinikalarga hamda ularning filiallariga aylantiriladi;
  • oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog va tashxislash xizmatlarini ko‘rsatuvchi mutaxassislar, shuningdek, autsorsing asosida stomatologiya xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, tibbiyot brigadasiga 3 ming nafar, zarur hollarda, belgilangan me’yorlarga qo‘shimcha aholi biriktirilishi mumkin. Bunda 2030-yilga qadar 1 tibbiyot brigadasiga ko‘pi bilan 1,7 ming nafar aholi biriktirilishi strategik maqsad etib belgilanadi.

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi.

Oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring