Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil maktabni 455,2 ming nafar o‘quvchi bitiradi

Bu yil maktabni 455,2 ming nafar o‘quvchi bitiradi

2024/2025 o‘quv yilda barcha mulkchilik shakli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilarning umumiy soni 455,2 ming nafarni tashkil etadi.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 243,1 ming nafari qiz bolalar.

Jami 11-sinf bitiruvchilari ko‘rsatkichi 2023/2024 o‘quv yilga nisbatan solishtirilganda 49,2 ming nafarga yoki 12,1 foizga oshgan.

Hududlar bo‘yicha 2025 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan o‘quvchilar soni eng ko‘p – Samarqand (51 875 nafar), Farg‘ona (47 068 nafar) va Qashqadaryo (44 670 nafar) viloyatlari hamda Toshkent shahri (41 132 nafar)da qayd etilgan.

Sirdaryo (11 105 nafar), Navoiy (13 427 nafar) va Jizzax (18 367 nafar) viloyatlarida esa bitiruvchilar soni nisbatan kamroq qayd etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring