Denovda plastik kartadan 13,5 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning plastik kartasidan qariyb 13,5 million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, Denov tumani «Yangi kuch» mahallasida yashovchi, M.Salima (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 15 iyun kuni «Cobalt» rusumli avtomashinada o‘ziga tegishli bo‘lgan «Redmi 5» rusumli telefon apparati qolib ketishi natijasida ushbu telefon apparatining klik ilovasidan noma’lum shaxs 13.400.000 so‘m pul mablag‘ini yechib olganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, B.Sattor sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
Joriy yilning 19 iyul kuni S.Sattorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter