Do‘stlikdagi 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida zamonaviylari quriladi
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi «barak» usulida qurilgan 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida zamonaviy uylar quriladi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
«Uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilash – doimo diqqat markazida. Bu yil viloyatda 4,5 ming xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan», – deydi davlat rahbari.
Prezident bu yetarli emasligini qayd etib, uy-joy qurilishini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. Do‘stlik tumanidagi «barak» uylar o‘rnida yangi uy-joy qurish tajribasi asosida qolgan tumanlardagi 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida 50 ming xonadonli zamonaviy uylar qurish dasturini tasdiqlash topshirildi.
Zomin, Baxmal va Forishda ham uy-joy qurish dasturlari boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter