Drondan foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida «Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan noqonuniy foydalanishni birinchi marta sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik o‘rniga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklarni takror sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik jazo choralarini yengillashtirish nazarda tutilyapti.
Kiritilayotgan normalar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, mamlakatga chet ellik turistlarning keng jalb etilishi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, shuningdek respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Avvalroq Konstitutsiyaviy sud hukumat va Oliy Majlisning uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish (Jinoyat kodeksining 244(4)-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni yengillashtirish, shu jumladan, ma’muriy preyuditsiya kiritish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter