Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkada ishlashlari mumkin

Endi tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkada ishlashlari mumkin

O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarining to‘liq stavkada ishlashlari uchun imkoniyat yaratilmoqda.

Mazkur tartib 3-oktyabr kuni imzolangan «Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori bilan amaliyotga joriy etiladi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida:

  • barcha tibbiyot va OTMlarning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;
  • barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.

Shuningdek, «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.

Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring