Jahon banki Samarqand va Jizzaxda quriladigan quyosh elektrostansiyalarini moliyalashtiradi
Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi «O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2» loyihasini amalga oshirish uchun 12 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni ma’qulladi. U O‘zbekistonning ikki viloyatida umumiy quvvati 440 MVt bo‘lgan quyosh elektrostansiyalarini ishga tushirish orqali energiya ishlab chiqarish hajmini oshiradi.
Qayd etilishicha, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi quyosh elektrostansiyalari yiliga 1,1 milliard kilovatt-soatgacha qayta tiklanadigan elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ularning ishlashi tufayli yiliga o‘rtacha 110 000 tonna yoki ularning butun xizmat davri davomida jami 3,4 million tonna karbonat angidrid emissiyasining oldi olinadi.
Bunda Jahon banki «O‘zbekiston MET» AJ uchun Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi stansiyalarning har biri uchun 6 million dollargacha (umumiy summasi 12 million dollargacha) bank kafolatlarini taqdim etadi. Ushbu mablag‘lar «O‘zbekiston MET» AJning loyiha kompaniyalari bilan imzolangan elektr energiyasini xarid qilish Kelishuvlarida belgilangan to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishini ta’minlashga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter