Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ko‘mir ta’minot»ning Toshkent viloyat filiali boshlig‘i qo‘lga olindi (video)

«Ko‘mir ta’minot»ning Toshkent viloyat filiali boshlig‘i qo‘lga olindi (video)

DXX «Ko‘mir ta’minot» MChJning Toshkent viloyat filiali boshlig‘ini jinoyat ustida qo‘lga oldi.

Xabarda aytilishicha, u mazkur korxonaning hozirgi kunda vakant hisoblangan Sirdaryo viloyat filialiga rahbar sifatida ishga qabul qilinishida ko‘maklashish evaziga fuqarodan 50 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur rahbar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, 1964 va 1982-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs firibgarlik yo‘li bilan qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular Samarqand viloyatida joylashgan qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarni joriy ta’mirlash  uchun Hukumat qarorlari asosida budjet mablag‘lari ajratilishini aytib, o‘zlarining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 34 mlrd so‘mlik pudrat shartnomasini tadbirkorga tegishli MChJga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib berishni va’da qilishgan. Keyinchalik esa mazkur  pudrat shartnomasi qiymatidan 8 foizini ulush sifatida berishini talab qilishgan.

Hozirda ikkala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring