«Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili»ga start berildi

Joriy yil 18-may kuni Xitoyning Sian shahrida «Markaziy Osiyo – Xitoy» birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Saroy oldidagi maydonda Xitoy tarixi va madaniyatini aks ettirgan sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi. Shu bilan «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili»ga start berildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilni «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili» deb e’lon qilish taklifi 2022 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida bildirilgan edi.
Qayd etilishicha, yil doirasida asosiy e’tiborni akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratish reja qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter