Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda Cobalt’ga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Qurbon bor

Navoiyda Cobalt’ga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Qurbon bor

Joriy yilning 24-dekabr soat 09:50larda fuqaro F.D. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinasi bilan  Qiziltepa tumanidagi «Burger» kafesi oldidagi avtoturargohda bo‘lgan vaqtda avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.

Natijada haydovchi F.D. va uning 3 yoshlik voyaga yetmagan farzandi R.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Voyaga yetmagan R.Sh.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring