Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Yoqubboyev – «Prague Chess Festival Challengers» g‘olibi

Nodirbek Yoqubboyev – «Prague Chess Festival Challengers» g‘olibi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev «Prague International Chess Festival» xalqaro turnirida g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chexiya Respublikasining Praga shahrida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan (26 fevral — 7 mart) an’anaviy xalqaro turnirning «Chellengers» guruhida ishtirok etayotgan shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev raqibi Jonas Bjerre ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

U turnir davomida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan holda 9 turdan 7 ochko to‘pladi.

Yoqubboyev g‘oliblik bilan birga keyingi yili Masters guruhida ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring