Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda olma va mandarin qimmatladi

O‘zbekistonda olma va mandarin qimmatladi

O‘zbekistonda yangi yil bayramidan keyingi talabning kamayish tendensiyasiga qaramay, olma va mandarin narxi yana ko‘tarilgan.

EastFruit tahlilchilariga ko‘ra, xususan, 2024-yil yanvar oyining birinchi haftasida olma ulgurji narxlari o‘rtacha 20 foizga, 2023-yilning shu davriga nisbatan esa 29 foizga oshgan.

Narxi eng keskin ko‘tarilgan olma navi «Golden Delishez» bo‘lib, u bir haftada 40 foizgacha qimmatladi va narxi borasida olmaning «Gala» naviga tenglashdi.

Shuningdek, mashhur va arzon yangi yil mevasi bo‘lgan mandarin ham qimmatladi. Bir hafta davomida mandarinning ulgurji narxi 13 foizga oshdi. Biroq shunday bo‘lsa-da, mandarinning ulgurji narxlari olmaga qaraganda arzon – bir kilogrammi o‘rtacha 9 ming so‘mdan (taxminan  0,73 AQSh dollari). Eng arzon olma navlari esa 1 kilogrammi 10 ming so‘m yoki 0,81 AQSh dollari. Yuqorida nomi keltirilgan «Golden Delishez»ning esa 14 ming so‘m yoki bir kilogrammi 1,14 AQSh dollaridan sotildi.

EastFruit’ning yozishicha, so‘nggi 12 yil ichida O‘zbekiston intensiv olma bog‘lariga ko‘p millionlab investitsiyalar yo‘naltirganiga qaramay, mamlakat olmaning sof importchisi bo‘lib qolyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring