Qalbaki aroq savdosiga chek qo‘yildi
![Qalbaki aroq savdosiga chek qo‘yildi](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3642261165.jpg)
Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi «M.O.» MChJga qarashli savdo shoxobchasida 5 xil turdagi 902 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter