Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ham O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi

Qozog‘istonda ham O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi

Qozog‘istonning Shimkent shahridagi Jumabek Tashenov nomidagi universiteti qoshida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi.

«Dunyo» AA bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu markaz qo‘shni davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti o‘rtasida tuzilgan Hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan. 

Qayd etilishicha, mazkur universitetda «O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari» dasturi asosida bakalavr va magistrlar tayyorlanyapti.

Qozog‘iston tomoni O‘zbek tili va madaniyati markazining tashkil etishda munosib hissa qo‘shgan Andijon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, ushbu markazning ochilishi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan ta’lim va madaniyat sohalaridagi o‘zaro munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishini qayd etdilar.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda dunyoning eng qadimiy ta’lim va tadqiqot muassasalaridan biri – Oksford universitetida ham O‘zbek tili markazi ochildi. Markaz 2024 yil yanvardan boshlab ilk talabalarni qabul qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring