Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Renovatsiya tartib-tamoyillari bo‘yicha axborot berildi

Renovatsiya tartib-tamoyillari bo‘yicha axborot berildi

Bugun - 9-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev shaharsozlik renovatsiyasining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi sakkiz yilda mamlakatimiz aholisi 6 millionga ko‘paydi. Shu davrda yarim millionga yaqin xonadonlar barpo etildi. Jumladan, o‘tgan yili 100 ming xonadondan iborat ko‘p qavatli uy qurilgan bo‘lsa, bu yil yanada ko‘p – 130 mingdan ortiq xonadon reja qilingan.

Yaqin yillarda aholimiz soni 40 million nafarga yetishi kutilmoqda. Bunday o‘sishda yiliga 140-150 ming xonadonga talab paydo bo‘ladi. Bu har yili qo‘shimcha 2 ming gektar yer kerak, degani. Lekin yer maydonlari ham cheklangan.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/8048

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring