Respublikadagi 230 ta tug‘uruqxona eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi

Respublikadagi 230 ta tug‘ruq muassasasi 21 mingta eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, joriy yilda 1,5 million nafar xotin-qizda saraton kasalligini erta aniqlash maqsadida skrininglar o‘tkaziladi.
«Xotin-qizlarning salomatligi – har tomonlama sog‘lom va qudratli jamiyat poydevoridir», – dedi Prezident Mirziyoyev xotin-qizlar bayramida so‘zlagan nutqida.
Davlat rahbari, shuningdek, ayollar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport ommalashib borayotgani jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga katta turtki ekanini ta’kidlaydi. Shu bois, bu yil barcha mahallalardagi 4 million xotin-qiz ommaviy sport musobaqalariga jalb qilinadi.
«Biz bir muhim haqiqatni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz zarur. Ayollar sog‘lom bo‘lsa – oila mustahkam bo‘ladi, ularda ma’naviy muhit, ishchanlik kayfiyati yuksaladi, kelajakka ishonch ortadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter