Samarqandda fuqarolarni qo‘rqitish orqali pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi (video)

Samarqandda fuqarolarga zo‘rlik ishlatib ulardan pul undirib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 22 yoshli yigit Samarqand viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, Jomboy tumanida yashovchi 25-30 yoshlardagi ayol fuqarolarning ishonchiga kirib, shahvoniy uydirmalar uyushtirib, shuning bilan birga 2-3 nafar sportchi yigitlardan iborat jinoiy guruh tuzib, fuqarolarni qo‘rqitish orqali yalang‘och holatdagi tasvirlarga tushirgani va ulardan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilayotganligini bildirgan.
Mazkur guruh ushbu yigitga nisbatan ham «shantaj» uyushtirib, undan yozgan «tilxat»i, haydovchilik guvohnomasi va avtomashinasi texpasportini qaytarib olishi evaziga 1500 AQSh dollari miqdorida pul so‘ragan.
Arizachi o‘z arizasida ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan Samarqand viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ayol hamda uning sheriklari ushbu yigitdan 1500 AQSh dollari evaziga uning qarzdorlik «tilxat»i, haydovchilik guvohnomasi va texpasportini qaytarib berayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Aniqlanishicha, ayolning jinoiy sheriklari sportning bir necha turlari bilan shug‘ullanib kelgan sportchilar bo‘lib, ular bundan tashqari ham juda ko‘p jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan.
Ular bir nechta jinoiy qilmishlarni tashkil etuvchi hamda zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi holatlarni, jumladan, tuhmat qilish, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish, tovlamachilik, talonchilik hamda hujjatlarni egallash kabi qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanyapti.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter