Shavkat Mirziyoyev MDHning «Faxriy nishon»i bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-oktyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida davlatlararo mukofot – MDHning «Faxriy nishon»i bilan taqdirlandi.
«Faxriy nishon»i Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov tomonidan topshirildi.
«Mirziyoyev do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo davlatlari va butun MDH davlatlari iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shdi», – deydi Sadir Japarov.
Japarov, shuningdek, Mirziyoyevning MDH mamlakatlari integratsiyasiga qo‘shgan hissasi, hamdo‘stlik doirasida ishbilarmonlik aloqalari va har tomonlama samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini ham e’tirof etgan.
MDHning Faxriy nishoni MDHning oliy mukofoti sanaladi. U MDH Davlat rahbarlari kengashining 2002-yil 7-oktyabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan. Bu mukofotga MDH mustahkamlanishida katta hissa qo‘shganlar loyiq ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter