Xitoy kompaniyasi Toshkent viloyatida quyosh foto-elektr stansiyasi quradi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi B.Begmatov hamda Xitoyning «China DaTang Corporation» kompaniyasi rasmiylari bilan birgalikda «Bo‘ka» mahallasida amalga oshirilishi belgilangan loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonlari, kutilayotgan natija va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida fikr almashildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda 263 megavatt quvvatga ega quyosh foto-elektr stansiyasini qurish loyihasiga start berildi.
Ma’lumot uchun, prezident qaroriga asosan Xitoylik investorlar Bo‘ka tumanidagi «Bo‘ka» mahallasi hududidan ajratilgan 621 gektar yer maydonida loyiha qiymati 150 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan quyosh foto-elektr stansiyasi hamda havo uzatish tarmog‘ini quradi. Mazkur stansiya Xitoyning «China DaTang Overseas Investment» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter