«Yosh kitobxon» g‘olibiga avtomashina sovg‘a qilindi

«Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasi bo‘yicha bahslar yakunlandi.
Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan tanlov yakunida eng bilimdon yoshlar aniqlanib, ularga Prezident sovg‘asi – elektromobil va pul mukofotlari topshirildi.
Tanlovning bosh sovrinini 340.3 ball bilan Toshkent shahridan Oguljeren Xaldurdiyeva qo‘lga kiritdi – BYD Chazor elektromobili.
2-o‘rin esa 301.7 ball bilan sirdaryolik Shahnozabonu Murodovaga nasib qildi va unga 75 million so‘m pul mukofoti berildi.
Samarqand viloyatidan qatnashgan Mohinur Muxtorova esa 296 ball bilan 3-o‘ringa munosib topilgan va unga 50 million so‘m pul mukofoti topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter