Avtomashina konditsioneridan foydalanish bo‘yicha 6 maslahat
Yozning jazirama kunlarida avtomobilda harakatlanishning o‘zi bo‘lmaydi. Agar avtomobil konditsionerli bo‘lsa, undan foydalanishning ham ayrim tartib-qoidalari bor, deya masalahat bermoqda Shokirjonov kanali.
- Konditsionerni ishga tushirishdan avval salonni 3–5 daqiqa shamollating.
- Sovuq havo oqimini haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchining ko‘krak qismiga yo‘naltirmang. Sovuq havo peshoyna (lobovoy), yon oynalar yoki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
- Tashqaridagi havo va konditsionerdan chiqayotgan havoning harorati 7...10 daraja farq qilishi kerak.
- Issiq havoda konditsionerni ishga tushirgandan so‘ng avval mo‘’tadil haroratga qo‘yish kerak, keyin sekin-asta harorat pasaytiriladi.
- Uzoq safarga konditsionerli mashinada yo‘lga chiqqaningizda har yarim soat–bir soatda avtomobil salonini shamollatib turing.
- Konditsioner yaxshi ishlashi uchun uning freoni darajasini o‘lchang va salondagi filtrini albatta almashtiring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter