Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomashina konditsioneridan foydalanish bo‘yicha 6 maslahat

Avtomashina konditsioneridan foydalanish bo‘yicha 6 maslahat

Yozning jazirama kunlarida avtomobilda harakatlanishning o‘zi bo‘lmaydi. Agar avtomobil konditsionerli bo‘lsa, undan foydalanishning ham ayrim tartib-qoidalari bor, deya masalahat bermoqda Shokirjonov kanali.

  1. Konditsionerni ishga tushirishdan avval salonni 3–5 daqiqa shamollating.
  2. Sovuq havo oqimini haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchining ko‘krak qismiga yo‘naltirmang. Sovuq havo peshoyna (lobovoy), yon oynalar yoki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
  3. Tashqaridagi havo va konditsionerdan chiqayotgan havoning harorati 7...10 daraja farq qilishi kerak.
  4. Issiq havoda konditsionerni ishga tushirgandan so‘ng avval mo‘’tadil haroratga qo‘yish kerak, keyin sekin-asta harorat pasaytiriladi.
  5. Uzoq safarga konditsionerli mashinada yo‘lga chiqqaningizda har yarim soat–bir soatda avtomobil salonini shamollatib turing.
  6. Konditsioner yaxshi ishlashi uchun uning freoni darajasini o‘lchang va salondagi filtrini albatta almashtiring.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring