«Hyugge». Daniyacha baxtli bo‘lishning 8 qoidasi
«Hyugge» — skandinavcha turmush tarzi stressdan xalos etadi. Daniya bejizga dunyoning eng baxtli mamlakatlari qatoridan o‘rin olmagan. Psixologlarning fikricha, gap faqat turmush darajasining yuqoriligida emas, balki oddiy narsalardan ham bahra olish san’atida. Bu falsafa «hyugge» deb ataladi. Quyidagi qoidalar uni o‘zlashtirishingizda yordam beradi.
Hatto ishingiz boshingizdan oshib-toshib yotgan bo‘lsa ham tanaffus qiling
Ish kunining har 2-3 soatida 5–10 daqiqani o‘zingizga bag‘ishlang. Tashqariga chiqing, qahva yoki choy iching, telefonni yoqing. Ammo chalg‘iyapman deb, ish bilan bog‘liq xatlarga javob berishga o‘tmang.
Faol bo‘ling
Agar har kuni ishga mashinada borsangiz, haftada bir marta bu masofani piyoda bosib o‘tishga harakat qilib ko‘ring. Bordi-yu, bunday imkoniyat bo‘lmasa, dam olish kunlari piyoda sayrga chiqing. Bu miya ishini yengillashtiradi.
Hissiyotlaringizdan uyalmang
Samimiy hissiyotlaringizni namoyish etishdan uyalmang. Yig‘lash, sakrash, yarashishni istasangiz — buni shunchaki bajaring.
Foydalanmaydigan buyumlarni yo‘qoting
Javonni oching, kiyadigan kiyimlarni olib qolib, qolganini u-bu kimga sovg‘a qilib yuboring. Bu garderobni bir oz yangilashga bahona bo‘ladi.
Hobbi o‘ylab toping
Masalan, bolalikda rasm chizishni xohlaganmisiz? O‘zingizga bo‘yoq sotib oling yoki rasm chizish kurslariga yoziling. Haftasiga hech bo‘lmaganda bir soat ko‘nglingiz yoqtirgan ishga vaqt ajrating yoki oilaviy tashvishlardan chalg‘ishga harakat qiling.
Taomdan lazzat oling
Ovqatlanishga qancha vaqt ajratishingizni hisoblang va uni ikki baravarga ko‘paytiring. Bir-bir parhezni unuting, sizga taqiqlangan yoqtirgan yeguliklarni paqqos tushiring.
Intererni o‘zgartiring
Uydagi jihozlar o‘rnini almashtiring, yorqin bo‘yoqlardan foydalaning. Bu yoqtirgan fotosuratlar, kitoblar, shamlar bo‘lishi mumkin. Karavotga faqat ko‘rpa emas, rang-barang yostiqlarni terib chiqing.
Mehmon taklif qiling
Qarindosh va do‘stlar bilan nuqul telefonda gaplashishni bas qiling. Buning o‘rniga dam olish kunlari birga tushlik qiling yoki stol o‘yinlari o‘ynang.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter