Bola shifokorga borishdan qo‘rqsa nima qilish kerak?

Barchamizga ma’lum, aksariyat oilaning farzandlari shifokor huzuriga borishga qarshilik ko‘rsatadi. Buning asl sababi, biz ota-onalar farzandlarimizni shifokorlardan qo‘rqitib qo‘yamiz. Ular gapimizga kirmagan vaqtda yoki uxlatish vaqtida "Hozir shifokorni chaqiraman, senga igna sanchadi" yoki "Ana, shifokor kelyapti" kabi gaplar bilan o‘zimiz xohlamagan holda qo‘rqitib qo‘yamiz.
Bugun bolalar qo‘rquviga qanday javob berish kerak, shifokorga borishdan oldin stressdan xalos bo‘lishning qanday usullari bor, uchrashuvdan keyin bolalarga dalda kerakmi, degan savollarga birgalikda yechim topamiz.
Bu haqda Yelena Lovyagina (Moskvadagi Sherbinskaya shifoxonasida bolalar uchun birlamchi tibbiy yordam bo‘limi boshlig‘i) uch bosqichdan foydalangan holda qanday qilib bolalarni shifoxonaga xotirjam holatda olib borishni tushuntirdi.
Farzandingizning his-tuyg‘ularini hurmat qiling
Noma’lum narsadan qo‘rqish odatiy hol. Farzandingizni jasur bo‘lishga majburlamang. Bu sizning munosabatingizda kelishmovchilikka olib kelishi mumkin. Uning his-tuyg‘ularini tan oling: quchoqlang, tasalli bering. Qo‘rquv sababini gaplashish yoki o‘ynash orqali bilib oling.
Borishdan oldindan tayyorgarlik ko‘ring
Farzandingizga uchrashuvni kutayotganda hissiy stressdan xalos bo‘lishga o‘rgating. Siz o‘zingiz bilan stressga qarshi o‘yinchoq olishingiz yoki chaqalog‘ingiz uchun tinchlantiruvchi va yoqimli boshqa mashg‘ulotni o‘ylab topishingiz mumkin.
Shifokor huzuridan qaytgach, stressni yengillashtiring
Uchrashuvdan so‘ng bolangiz bilan uning his-tuyg‘ularini va nima bo‘lganini muhokama qiling. Ularni jasoratlari uchun maqtashga harakat qiling. Imkoningiz bo‘lsa rag‘batlantiring.
Hamisha farzandlarimiz sog‘-salomat bo‘lsin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter