Mashina konditsioneri mazamni qochirmasin desangiz, tavsiyani o‘qing!
Avtomobillarda konditsionerlar paydo bo‘lganidan buyon jaziramada yo‘lga chiqish mashaqqatlari ancha kamaydi. Ammo undan foydalanishning ham me’yorlari bor, ehtiyot bo‘lmasangiz, «konditsioner shamollashi»ga yo‘liqishingiz hech gapmas. Bu haqda «Za rulyom» («Rulda») jurnali avtoekspert Mixail Kolodochkin tavsiyalariga asoslanib yozmoqda.
Ekspertning aytishicha, issiqda konditsionerni ishlatib ketayotgan bo‘lsangiz, manzilga yetishdan avvalroq uni o‘chirib, salon haroratini ko‘taring. Ya’ni ko‘cha haroratidan farq 3-5 daraja bo‘lishi kerak. Mashina saloni va ko‘chadagi harorat o‘rtasidagi farq 10 daraja va undan yuqori bo‘lishi — organizm uchun stress. Ayniqsa, harorat o‘zgarishiga moslashishga ulgurmaydigan yurak va qon tomirlari uchun bu zararli, dedi u.
Oqibatda haydovchi (qolaversa, yo‘lovchilar)ning boshi og‘rishi, ko‘ngli aynishi va hushidan ketishi mumkin.
Umuman olganda, har safar sovitish tizimini ishga tushirishdan oldin, birinchi galda avtomobil salonini shamollatish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter