Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi vitaminning ortiqchasi xavfli kasallikka olib kelishi mumkin?

Qaysi vitaminning ortiqchasi xavfli kasallikka olib kelishi mumkin?

Foto: «Cosmo.ru»

Daily Express nashriga ko‘ra, fola kislotasi yoki V9 vitamini ortiqcha iste’mol qilinishi saraton hujayralarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Vitaminlarni shifokor nazoratida qabul qilish kerak. Shunda onkologiya ehtimoli, aksincha, kamayadi, deb ta’kidlaydi nashr.

Birmingemdagi (AQSh) Alabama universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, yashil bargli sabzavotlar tarkibidagi folat kislotasi hujayralar ko‘payishi va tiklanishida muhim rol o‘ynashi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qo‘shimcha ko‘pincha homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida homila nerv naychalari nuqsonlari rivojlanish xavfini kamaytirish uchun buyuriladi. Folat kislota yo‘g‘on ichak saratoni oldini olishda ham foydalidir.

Biroq sinovdagi bir qancha guruhlarda V9 vitaminini ortiqcha iste’mol qilish saraton hujayralarining tez bo‘linishi tufayli o‘limning biroz oshishiga olib kelgan.

Ushbu natijalarga asoslanib, olimlar shifokor bilan maslahatlashishni va tibbiy sabab bo‘lmasa, qo‘shimcha vitaminlar qabul qilmaslikni tavsiya etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring