Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sabzining narxi emas, zarari haqida ikki og‘iz so‘z

Sabzining narxi emas, zarari haqida ikki og‘iz so‘z

Foto: «Fb.ru»

Sog‘lom ovqatlanish haqidagi Eat This, Not That! nashrining mualliflari tegishli ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilib, sabzi iste’mol qilishning oqibatlarini ma’lum qilishdi.

Dermatologiyaga bag‘ishlangan The Journal of Dermatology jurnalida chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, haddan tashqari ko‘p iste’mol qilinsa, qonga ko‘p miqdorda beta-karotin tushadi. Natijada asosan kaft va oyoq terisi sarg‘ayib ketishi mumkin. Bu hodisa karotinodermiya deb ataladi. Lekin odamlarga xavf tug‘dirmaydi.

Journal of Allergy & Clinical Immunology jurnalida aytilishicha, sabzavot toshma va shish kabi allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ular pollinozdan qiynalayotgan odamlarda allergiya ko‘rinishida paydo bo‘lishi hech gap emas. Misol uchun, agar qayin yoki boshqa gulchanglarga alergiyasi bo‘lsa, zo‘rayish davrida organizmning sabziga bo‘lgan reaksiyasiga duch kelishi mumkin.

O‘rtacha kattalikdagi sabzi tarkibida taxminan 2 gramm kletchatka bo‘lib, u glyukozaning qonga so‘rilishini sekinlashtiradi. Niderlandiyalik olimlar Nutrition, Metabolism, and Cardiovascular Diseases tadqiqot ishida qariyb 38 ming erkak va ayol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Natijada taomnomada sabzi qancha ko‘p bo‘lsa, 2-tip diabet rivojlanish xavfi shuncha past bo‘lishini aniqladilar.

American Journal of Clinical Nutrition klinik diyetologiya jurnalida chop etilgan 69 ta tadqiqotning meta-tahlili shuni ko‘rsatdiki, karotinoidlar, C va Ye vitaminlarining yuqori konsentratsiyasi va saraton, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi pastligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi. Shu tariqa, sabzi iste’mol qilish ushbu kasalliklarning rivojlanish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring