Shamollashdan tezda xalos bo‘lish yo‘li
Kuz-qish oylarida shamollash bilan kasallanish avj oladi. Gohida u odamni noqulay vaziyatga solib qo‘yadi. «Rambler» qisqa vaqt ichida kasallikning noxush alomatlaridan xalos bo‘lish yo‘llarini aniqladi.
Choy va qahva ichmang
Shifokorlar kasallik vaqtida iloji boricha ko‘proq suyuqlik ichishni tavsiya qilganda, zinhor kofeinli ichimliklarni nazarda tutmaydi. Negaki suv yoki yangi apelsin sharbatidan ko‘ra aynan kofein tufayli organizmdan suyuqlik tezroq chiqib ketadi. Shu bois kasal bo‘lganda, yaxshisi, aynan shu ichimliklarni iste’mol qilgan ma’qul.
Burunni avaylang
Shamollashning ilk alomatlarini sezganda samarali davolanish uchun uyda qolishga harakat qiling. Ishga borishingizga to‘g‘ri kelib qolganda, birinchi navbatda, burningizni ehtiyot qiling. Antinacha viruslarga qiyinchiliksiz qarshilik ko‘rsatishi uchun burunni issiq saqlash lozim. Bundan tashqari, uydan chiqayotganda o‘zingiz bilan namiqtiruvchi sprey olishni unutmang.
Haddan tashqari ko‘p dori qabul qilmang
Bir vaqtning o‘zida bir qancha preparatlarni ichish kasalliklardan himoya qilmaydi. Shuningdek, kuniga kamida sakkiz soat uxlashga harakat qiling. Shunda immunitet yetarlicha kuchli bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter