Shifokor allergiyadan butunlay qutulish yo‘lini aytdi
![Shifokor allergiyadan butunlay qutulish yo‘lini aytdi](http://static.xabar.uz/crop/5/7/720_460_95_572773586.jpg)
Zamonaviy tibbiyot allergiyadan to‘liq xalos bo‘lishga imkon beradi. Bu haqda rossiyalik allergolog-immunolog Nadejda Loginova «Sargrad» bilan suhbatda aytib o‘tdi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, allergiyani davolash mumkin. Buning uchun emlash usuli qo‘llaniladi. Faqat zaiflashgan virus va bakteriyalar o‘rniga sabab bo‘luvchi ahamiyatga ega allergenlarning ozgina dozasi yuboriladi. Ushbu muolaja gullash mavsumidan boshqa paytda amalga oshirilishi kerak.
Loginova yana zamonaviy usul — autolimfotsitoterapiya mavjudligini qo‘shimcha qildi. Bunda allergiyani davolash uchun bemorning immun hujayralari — teri ostiga yuboriladigan limfotsitlar qo‘llaniladi. Ushbu muolajadan so‘ng bir necha oy davomida turli xil allergenlarga, shu jumladan, o‘simlik changi, uy kanalari, shuningdek, uy hayvonlariga nisbatan barqaror immunitet hosil bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter