Shifokorlar o‘pkani zararlanishdan saqlashga qodir ichimlikni ma’lum qilishdi

Koronavirus pandemiyasi davrida mutaxassislar ko‘proq suv va iliq suyuqlik ichishni maslahat berishmoqda. Biroq xorijiy shifokorlarning fikricha, o‘pka salomatligi va immunitetni mustahkamlash uchun eng yaxshi ichimlik kurkumali choy ekan, deb yozadi «Rambler».
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hamma gap ziravor tarkibidagi kurkuminda. Aynan u o‘pkani virus (jumladan, COVID-19) va turli kasalliklarga olib keluvchi fibrozdan himoya qiladi.
Tibbiyot xodimlarining izohlashicha, kurkumin yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Shuningdek, bu ziravor yo‘g‘on ichak va yog‘li jigar kasalliklari profilaktikasida foydali.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter