Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoz faslida tarvuz va muzdan zaharlanish oson

Yoz faslida tarvuz va muzdan zaharlanish oson

Foto: Shutterstock

Yozda ochiq havoda kesilgan va qoldirilgan tarvuzlardan, ichimliklardagi muzdan zaharlanish xavfi yuqori, dedi infeksionist-shifokor Vladimir Neronov “Gazeta.Ru” nashriga bergan intervyusida.

"Yoz - dam olish uchun eng yaxshi vaqt, lekin ayni paytda o‘tkir ichak infeksiyalari mavsumidir. +20 ° C haroratda bakteriyalar va viruslar faol ravishda ko‘payadi. 

Usti ochiq qoldirilgan tarvuzlar xavfli bo‘lishi mumkin, ular mikroblar uchun ideal muhitdir, ayniqsa ularni kim va nima bilan kesganligi noma’lum bo‘lsa. Muz ko‘pincha tozalanmagan suvdan tayyorlanadi, bu esa ich ketishiga olib kelishi mumkin", - deydi shifokor.

Bundan tashqari, plyajda iste’mol qilingan yoki uyda tayyorlangan oziq-ovqat, shuningdek, tez buziladigan mahsulotlar xavf tug‘diradi.

"Plyaj, issiqlik va antisanitariya – zaharlanish uchun ideal sharoit. Qaynatilgan makkajo‘xori, kremli shirinliklar, xamirga o‘rab pishirilgan kolbasa mahsulotlari - bu gazaklardan zaharlanish oson. Birinchidan, ular qanday sharoitda tayyorlangani noma’lum. Ikkinchidan, iflos qum ularga osongina tushishi mumkin. 

Uyda pishirish ham xavf tug‘diradi: yozda zaharlanishning 50 foizi iste’molchilarning o‘zlari qo‘lidadir. 

Asosiy xatolar – tarkibi buzilgan mahsulotlardan pishirish, ovqatni muzlatgichdan tashqarida saqlash, kechagi ovqat. Bir marta pishirib, ovqatni 6-12 soatdan ko‘p bo‘lmagan va faqat muzlatgichda saqlagan ma’qul”, — dedi, shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring