Yurak uchun eng zararli oziq-ovqatlar ma’lum qilindi
Kardiolog Yuriy Konev sho‘r, namlangan, nordon ovqatlar va xolesterin miqdori yuqori bo‘lgan ovqatlar yurakning to‘g‘ri ishlashi uchun zararli ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bunday taomlar tufayli qon bosimini tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan buyraklar ham zarar ko‘radi.
«Tuzni me’yoridan ortiq iste’mol qilish bir qator qon-tomir kasalliklarining kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘li go‘sht, yog‘li sut mahsulotlari orqali orzanizmda yig‘iladigan ortiqcha xolesterin muammosi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ko‘p miqdordagi shakar iste’moli ham yurak faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi», deydi kardiolog.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, spirtli ichimliklar, faqat oz miqdorda iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan qandolat mahsulotlari, gazlangan suv va tez tayyorlanadigan taomlar (fast food) ham yurak salomatligiga zararlidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter