Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Koronavirus qaytyaptimi? Beparvolikka berilib ketmayapmizmi?

Koronavirus qaytyaptimi? Beparvolikka berilib ketmayapmizmi?

Kecha O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan soni tuzalganlar sonidan salkam 2 baravar ko‘proq bo‘ldi. Adashmasam, oxirgi marta 20 aprel kuni virusga chalinganlar soni tuzalganlar sonidan ko‘p bo‘lgan edi. 20 kun davomida bemorlar soni faqat «minus»da edi, ya’ni tuzalishlar ko‘proq bo‘layotgandi. Afsuski yana «plyus»ga qaytdi.

Birgina Toshkent shahrining o‘zida 1 kunda 61 ta yangi holat aniqlandi.

Bu bitta bizda emas. Masalan, Janubiy Koreyada ham bir oylik pasayishlardan so‘ng koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi. U yerda so‘nggi sutkada koronavirusga chalinganlar soni 34 kishiga oshdi. Bu 12 apreldan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Janubiy Koreyadagi yangi kasallanish holatlarining barchasi bir yigit bilan bog‘lanmoqda. U koronavirusga chalingani gumon qilinganiga qaramay 2 mayga o‘tar kechasi Itevon shahridagi 5 ta tungi klubga borib, ko‘p odamlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Umuman olganda, so‘nggi kunlarda ancha beparvolikka berilib ketayotgandekmiz. Xuddi xayolimizda barchasi ortda qolganday, hech narsa bizga xavf solmayotganday yurishga ko‘nikib qolmayapmizmikin?

Karantin cheklovlari uchun yengillik berilgani bilan gigiyena qoidalari esimizdan chiqmasin. Masofa saqlash, niqob taqish, qo‘llarimizni tez-tez sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalardan foydalanishni unutib qo‘ymaylik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring